Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Agar O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, bu Qirg‘iziston uchun ham foydali bo‘ladi – Sazbakov

© Sputnik / Tabildi KadirbekovSpetsialniy predstavitel pravitelstva KR po delam v Yevraziyskom ekonomicheskom soyuze Almaz Sazbakov
Spetsialniy predstavitel pravitelstva KR po delam v Yevraziyskom ekonomicheskom soyuze Almaz Sazbakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOII masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston hukumatining maxsus vakili Almaz Sazbakov O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi maqomini olishi munosabati bilan Qirg‘iziston ichki biznesi nimalarga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi borasida o‘z fikrlarini aytdi.

Sputnik Qirg‘iziston radiosi bilan o‘tkazgan suhbatda Sazbakov O‘zbekistonning YeOIIga ehtimoliy qo‘shilishi Qirg‘iziston uchun afzalliklar va xatarlar mavjudligini ta’kidladi.

Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

"Muayan segmentlarda O‘zbekiston bizga raqobatdosh, garchi nafaqat bizga, balki Qozog‘iston, Armaniston va Belarusga ham. Qo‘rquv – ish emas, ishlash kerak. Yangi bozorlar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor. Bu korxonalarimiz uchun imkoniyat, qo‘shni davlat Qirg‘izistondan ko‘p narsani import qiladi. Agar yagona, uyg‘unlashtirilgan hudud, yagona texnik reglament bo‘lsa, eksportga oid hozirda aniq bo‘lmagan ko‘plab masalalar hal qilinadi. Bu nafaqat janubda, balki shimoldagi ishlab chiqaruvchilar uchun signal. Bizning ko‘plab sut mahsulotlarimiz Qozog‘istonga ketadi va O‘zbekiston ham yaxshi bozor", - dedi Sazbakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston - kichik, ammo mobil davlat va uning ichki biznesi tezda yangi sharoitga moslashishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0