Migrantlar Rossiyaga qachon qayta boshlaydi – ekspert fikri

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent
Vivoznoy reys iz Novosibirska v Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Davlat boshqaruvi universiteti professori Rossiyada 2021-yil ikkinchi yarmida migrantlar soni ko‘payishini kutish mumkinligini taxmin qildi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jilovlansa va chegaralar ochiq bo‘lsa, Rossiyada 2021-yil ikkinchi yarmida migrantlar soni ko‘payishini kutish mumkin. Rossiyaning Davlat boshqaruvi universiteti professori, migratsiya xizmatining faxriy xodimi Vladimir Volox shunday fikrni bildirdi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya SSP rahbari migrantlar uchun chegarani ochishga ruxsat berishni so‘radi

Uning fikriga ko‘ra, davlat chegaralari ochilishi, xorijliklar uchun Rossiya kirish vaziyati yaxshilanishini yaqin kunlarda kutishning hojati yo‘q.

“O‘ylaymanki, kelasi yilning o‘rtalarida vaziyat iziga tusha boshlaydi”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.

Uning prognoziga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoji 2021-yilning oxiriga kelib qondiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlar soni deyarli ikki barobar kamaygani xabar qilingan edi. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yiliga 9-11 million atrofida chet el fuqarolari bo‘lib turadi. Joriy yilda ularning soni sekin-asta kamayib bordi va ayni vaqtda taxminan 6 million kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0