Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda 30 dan ziyod bolalar kaltaklanib kelingan – video

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujralarda o‘qigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Toshkentda noqonuniy diniy hujralar faoliyat yuritganligi aniqlandi. Hujralarda o‘qigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Bu haqda “Yoshlar” telekanali reportajida ma’lum qilindi.

Huquq-tartibot idoralarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida 3 nafar mahalliy fuqaro o‘z xonadonlarida hujralar tashkil etib, yosh bolalarga diniy saboq berayotganligi aniqlandi.

Hujralar tashkil etilgan xonadonlar ko‘zdan kechirilganida, yog‘och kaltak, pichoq, pnevmatik qurol topildi. Shuningdek, hujralar egalarining qo‘l telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terrorchi tashkilotlarning g‘oyaviy rahbarlarining jihodga chorlovchi audio, videomateriallari borligi aniqlandi.

Hujralarning birida 17 nafar, ikkinchisida 11 nafar, uchinchisida esa 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olayotgani ma’lum bo‘ldi.

Noqonuniy o‘qitish vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Kaltaklanish oqibatida bir bolaning tili orqaga ketib qolish holati kuzatilgan.

Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shish uchun jo‘natib kelayotgan 24 yoshli samarqandlik qo‘lga olingani xabar qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0