OAV: Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning “Asahi” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda KXDR koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilganini xabar qilmoqda.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi hamda Xitoyning tashxis qo‘yadigan uskunalari, jumladan, termograflarini xarid qildi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiyaning “Asahi” gazetasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Politseyskiy okolo 105-etajnogo otelya Ryugyong v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreyada karantin choralarini buzgan bojxonachi qatl etildi - OAV

Xarid qilingan vaksina dozasi haqidagi ma’lumot ochiqlamagan, lekin manba gazetaga Shimoliy Koreya davlat idoralari va tuzilmalari xodimlarini emlash boshlanganini bildirgan.

Nashrning yozishicha, Kim Chen In vaksinaning xavfsizligiga ishonch hosil qilmagunicha, undan foydalanmaydi.

Xitoydan xarid qilingan termograflar KXDR va Xitoy o‘rtasidagi chegarada ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash maqsadida o‘rnatilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada hozirga qadar COVID-19 aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0