O‘zbekistonda hafta oxirida havo iliqlashadi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
14-15 dekabrda respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati hafta oxiriga kelib ko‘tarilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilmoqda. Faqat Surxondaryo viloyatida bugun kunduzi qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bugun kunduzi ba’zi joylarda va 15 dekabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘adi.

Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2−7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.

16 dekabrdan 18-dekabrgacha respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hafta oxiriga kelib ko‘tariladi.

18 dekabrga kelib, havo 0−2 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7−10 darajagacha isiydi.

Yangiliklar lentasi
0