https://oz.sputniknews.uz/20201214/Turkiyada-tilanchi-31-shli-zbekistonlikni-picholab-ldirdi-15598431.html
Turkiyada tilanchi 31 yoshli o‘zbekistonlikni pichoqlab o‘ldirdi
Turkiyada tilanchi 31 yoshli o‘zbekistonlikni pichoqlab o‘ldirdi
Sputnik O‘zbekiston
Tilanchiga “Men vatanimdan keldim, musofirman, mehnat qilyapman. Sen bu yerga kelib pul so‘raysan, uyalmaysanmi? Bor, ishla” deb aytgan o‘zbekistonlik pichoqlandi. 14.12.2020, Sputnik O‘zbekiston
2020-12-14T16:23+0500
2020-12-14T16:23+0500
2020-12-14T17:05+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15598776_0:46:3072:1784_1920x0_80_0_0_247903955adef49e7eb2bb7042a98d02.jpg
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2020
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15598776_0:0:3072:1931_1920x0_80_0_0_50aac51570d8bd64d5bb434be5475d3c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , turkiya
Turkiyada tilanchi 31 yoshli o‘zbekistonlikni pichoqlab o‘ldirdi
16:23 14.12.2020 (yangilandi: 17:05 14.12.2020) Tilanchiga “Men vatanimdan keldim, musofirman, mehnat qilyapman. Sen bu yerga kelib pul so‘raysan, uyalmaysanmi? Bor, ishla” deb aytgan o‘zbekistonlik pichoqlandi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi B.O. tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Maltepe tumani Fayzulloh mahallasida sodir bo‘lgan. Bu holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Mazkur mahallada tilanchilik qilib kun kechiradigan B. G. alkogol ichimligini olish uchun do‘konga keladi. Ushbu do‘konda yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan B.O. (31 yosh) B.G. (27 yosh)ga “Men vatanimdan keldim, musofirman, mehnat qilyapman. Sen bu yerga kelib pul so‘raysan, uyalmaysanmi? Bor, ishla” deb aytadi.
Natijada buning ortidan kelib chiqqan tortishuv janjalga aylanib ketgan. Janjal vaqtida tilanchi o‘zbekistonlikning ko‘kragiga pichoq sanchib olgan.
Shifoxonaga olib borilgan o‘zbekistonlik yigit barcha muolajalarga qaramay vafot etgan. Politsiya B.G.ni hodisadan bir necha soat o‘tib qo‘lga olgan.