Nikol Pashinyanning iste’foga chiqqani haqidagi xabar rad etildi

© MID RF / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani yo‘q, bu haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda bosh vazirning matbuot kotibi Mane Gevorgan ma’lum qildi.

Miting oppozitsii v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Yerevan markazida muxolifatchilarning politsiya bilan to‘qnashuvi boshlandi

Avvalroq qator Telegram-kanallarda Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani xaqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

“Telegram-kanallarning Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani haqidagi xabarlari yolg‘on xabardir”, - dedi Gevorgan. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Armanistonda namoyishchilar bir oydan buyon Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda. Norozilik namoyishlari Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga oid sulh bitimi imzolangandan keyin boshlandi. Armaniston muxolofatchilari bosh vazir Nikol Pashinyanni xoinlik va taslim bo‘lishlikda ayblamoqda. Siyosatchi Qorabog‘ bo‘yicha bitim o‘zi uchun juda og‘ir qaror bo‘lganini aytdi, lekin boshqa chora bo‘lmaganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0