Germaniya mamlakat tarixidagi eng qat’iy lokdaunni joriy etmoqda

© REUTERS / Matthias RietschelBezlyudnaya ploshad v Drezdene, Germaniya
Bezlyudnaya ploshad v Drezdene, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel va federal zaminlar rahbarlari mamlakatda 16-dekabrdan 10-yanvarga qadar umummilliy lokdaun joriy etishni muvofiqlashtirib olishgandi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Germaniya 16-dekabrdan mamlakat tarixidagi eng qat’iy lokdaunni joriy etmoqda, koronaviru tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat o‘ta jiddiy. Bu haqda mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘z telemurojaatida ma’lum qildi.

“Hurmatli fuqarolar, barchamiz keyingi oldinga siljishga umid qilgandik. Biroq virus avvalgidek bizni nazorat ostida ushlab turibdi. Shu bois chorshanba kunidan boshlab Federativ Germaniya Respublikasi tarixidagi jamiyat va shaxsiy hayotimiz yanada qat’iy cheklanadi. Vaziyat dahshatli”, - dedi u.

COVID-19: Yevropu zaxlestnula volna protestov protiv izolyatsii i ogranicheniy - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa karantin cheklovlariga qarshi - video

Frank-Valter Shtaynmayerning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat dahshatli, chunki hafta davomida minglab bemorlar vafot etdi va virus nazorat ostidan chiqib ketishi mumkin.

“Qat’iy choralarni ko‘rmasdan ilojimiz yo‘q”, - deya qo‘shimcha qildi Shtaynmayer.

Avvalroq Germaniya kansleri Angelp Merkel va federal zaminlar rahbarlari mamlakatda 16-dekabrdan 10-yanvarga qadar umummilliy lokdaun joriy etishni muvofiqlashtirib olishgandi.  16 dekabrdan Germaniyada oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalardan tashqari barcha do‘konlar yopiladi. Bu davrda maktablar, sartaroshxonalar yopiladi, kompaniyalarga o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki xodimlar masofadan ishlashi tartibiga o‘tish tavsiya qilinmoqda. Besh kishidan ziyod to‘planishi taqiqlanadi. Pirotexnika vositalari savdosi taqiqlanadi, fuqarolardan bayramda mushakbozlik uyushtirishdan o‘zlarini tiyishlari so‘ralgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 1,3 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 967,9 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 22 405 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0