O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Termizda “egallab olingan aholi punktini” ozod qildi

© Ministerstvo oboroni RossiiSpesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze
Spesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari Termizdagi qo‘shma taktik-maxsus mashg‘ulotlar chog‘ida shartli ravishda “jangarilar” tomonidan egallab olingan aholi punktini ozod qildi va banda yetakchisini asirga oldi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi qo‘shma taktik-maxsus mashg‘ulotlar chog‘ida shartli ravishda “jangarilar” tomonidan egallab olingan aholi punktini ozod qildi va banda yetakchisini asirga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mashg‘ulotlar chog‘ida shartli ravishda noqonuniy qurollangan banda davlat chegarasini kesib o‘tib, aholi punktini egallab oldi. Dron mahalliy joyni razvedka qilgandan so‘ng Mi-8 transport jangovar vertolotdan harbiylar tushdi. Keyin yashirin tarzda o‘z o‘rinlarini egallab, qo‘riqlanayotgan joyni yo‘q qildi.

© Ministerstvo oboroni RossiiSpesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Termizda “egallab olingan aholi punktini” ozod qildi - Sputnik O‘zbekiston
Spesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze

Jangarilarni yo‘q qilish, ularning boshqaruvini izdan chiqarish hamda ular o‘rtasida vahima keltirib chiqarish uchun minomotlardan o‘t ochildi. So‘ngra to‘rtta “Tayfun” zirhli avtomobillarda yetib kelgan qo‘shma maxsus xizmat guruhlari dushman yashiringan binoni tozalashdi va “jangarilar” yetakchisini asirga olishdi

Amaliyot yakuniga ko‘ra, saporlar aholini punktini ko‘zdan kechirib, minalardan tozalash ishlarini olib bordi.

© Ministerstvo oboroni RossiiSpesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze
O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Termizda “egallab olingan aholi punktini” ozod qildi - Sputnik O‘zbekiston
Spesnaz RUz i RF na taktiko-spetsialnix ucheniyax v Termeze

Mashg‘ulotlarning asosiy bosqichiga jami ikki mamlakatning 200 nafarga yaqin harbiylari, O‘zbekiston kuch tuzilmalari xodimlari jalb qilingan. Shuningdek, 20 donaga yaqin harbiy va maxsus texnikalardan foydalanilgan.

Artilleristi armii Uzbekistana prodemonstrirovali novie sposobi vedeniya ognya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi

Mashg‘ulotlarning asosiy vazifalaridan biri ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash hamda noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yo‘q qilishga oid maxsus amaliyot o‘tkazishda o‘zaro tajriba almashish bo‘lgan. Shuningdek, razvedkaning texnik vositalarini qo‘llangan holda qidiruv jangovar va pistirma qo‘yish harakatlar yuzasidan tajriba almashilgan.

“Mashg‘ulotning o‘ziga xos xususiyati uning Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro vaziyat beqarorligi kuchayotgani fonida o‘tkazilayotgani bo‘ldi. Hozirgi zamon chaqiriq va tahdidlari, jumladan, xalqaro terrorizm, davlatlarimiz uchun jiddiy xavf tug‘diradi va qurolli kuchlarimiz faoliyatini takomillashtirishni ta’minlab, shunga o‘xshash holatlarga munosib javob qaytarishimiz shart”, - dedi Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin.

Mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra Aleksandr Lapin mashg‘ulotlar maqsadiga erishish uchun sharoit muhayyo qilgan va an’anaviy sharqona mehmondo‘stlik uchun O‘zbekiston harbiy rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi.

Yangiliklar lentasi
0