Rossiya va Armaniston mudofaa vazirlari Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSelo Tagavard v Nagornom Karabaxe
Selo Tagavard v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston Mudofaa vazirligi ta’kidiga ko‘ra, 12-dekabr kuni Ozarbayjon bo‘linmalari Qorabog‘ning Gadrut tumanidagi Xin Taxer va Xsaberd qishloqlariga hujum qilgan.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Armaniston mudofaa vaziri Vagarshak Arutunyan Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Armaniston vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Rossiya Federatsiyasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Arutunyan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda masalani (Qorabog‘dagi vaziyatni – tahr.) muhokama qildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Parad pobedi v Azerbaydjane  - Sputnik O‘zbekiston
Bokuda G‘alaba paradi, Yerevanda esa norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

Armaniston Mudofaa vazirligi ta’kidiga ko‘ra, 12-dekabr kuni Ozarbayjon bo‘linmalari Qorabog‘ning Gadrut tumanidagi Xin Taxer va Xsaberd qishloqlariga hujum qilib, Xin Taxer qishlog‘iga kirgan va Xsaberd qishlog‘iga yaqinlashgan. Armaniston tomonining ta’kidlashicha, arman tomonidan olti kishi jarohatlangan, ozarbayjon tomonidan esa o‘lganlar va yaradorlar bor.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi o‘t ochmaslik rejimiga rioya qilinayotganini ma’lum qilgan.

Rossiya tinchlikparvar kuchlari shtabi vakilining keyinchalik jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Tog‘li Qorabog‘dagi Gadrut tumanida otishmadan so‘ng mojaro ishtirokchilariga o‘t ochmaslik rejimiga to‘liq rioya qilish talabi yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10-noyabrda to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ bo‘yicha bitim o‘zi uchun juda og‘ir qaror bo‘lganini aytdi, lekin boshqa chora bo‘lmaganini ta’kidladi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kelishuv imzolanishini Armanistonning taslim bo‘lish deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0