Maktablarda yangi yil tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNovogodnyaya yel
Novogodnyaya yel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayram tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini yig‘ish, sinf xonalarini sun’iy archa va elektr chiroqlar bilan bezatish taqiqlandi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi yil tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi. O‘quv muassasalari rahbarlari xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining tegishli xatini olgan.

© Press-slujba Ministerstva narodnogo obrazovaniyaOfitsialniy dokument Ministerstva narodnogo obrazovaniya
Maktablarda yangi yil tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Ofitsialniy dokument Ministerstva narodnogo obrazovaniya

Hukumat majlisi bayoniga binoan, koronavirus pandemiyasi paytida o‘quvchi-yoshlar sog‘lig‘ini asrash maqsadida 2020-yilgi “Prezident archasi" tadbiri “Bolajon” va “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etiladi.

Shunga ko‘ra, quyidagi holatlar qat’iyan taqiqlanadi:

  • joriy yilda umumta’lim maktablarida o‘quvchilar ishtirokida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq har qanday tadbirlarni rejalashtirish;
  • bayram tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini yig‘ish;
  • maktab foyesi va sinf xonalarini sun’iy archa va elektr chiroqlar bilan bezatish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat umumta’lim maktablarida qishki ta’til vaqti o‘zgargani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0