Zaxarova Rossiyaga bosim o‘tkazishga doir da’vatlar haqida: bu endi kasallik, fobiya

Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Kongressining Rossiyaga sanksiya bosimini kuchaytirish da’vati aks etgan yangi qonunchilik tashabbusini tanqid qildi va Amerika rasmiylarining Moskvaga nisbatan xatti-harakatlarini fobiya va kasallik deya atadi

Zaxarovaga ko‘ra, Rossiyadan tomonidan bo‘layotgan xavf-xatar haqidagi afsonalarni yaratish AQSh uchun foydali bo‘lib, Vashington shu orqali amerika jamiyati e’tiborini ulkan ichki muammolardan chalg‘itib kelmoqda.

"AQSh allaqachon o‘z shaxsiy muammolariga, shu jumladan, siyosiy muammolarga ham e’tibor bermay qo‘ygan, u har safar Rossiyani allaqanday muammo yoki kulfatlarda aybdor qilishga urinadi. Bu endi kasallik, fobiya. Umid qilamizki, bu singari harakatlar tez orada urfdan chiqadi va Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni zaharlashdan to‘xtaydi, bu munosabatlarni allaqachon konstruktiv oqimga qaytarish vaqti kelgan", - dedi Zaxarova.

To‘liq videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0