TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Aniqlanishicha, 2020-yil 12-dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida shaxsi noma’lum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.