Oliy Majlis Senati 18-dekabr kuni Konstitutsiyaga tuzatishlarni muhokama qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa
Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yalpi majlisda shuningdek O‘zbekiston Davlat budjetining 2020-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisini 2020-yil 18-dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

  • "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi;
  • "Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi;
  • "Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi;
  • "Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi;
  • "Sud hujjatlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi,
  • "Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.
Situatsiya posle viborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Yangi O‘zbekiston va Inson huquqlari

Bundan tashqari, "2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti  to‘g‘risida"gi, "Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Lyudi na produktovom rinke v Minske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil boshidan oziq-ovqat mahsulotlari 16,3%ga qimmatladi - MB

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi  rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Kengash majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0