Britaniya qirolligi geografiya jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan Earth Photo tanlovi 2020-yil g‘oliblarini e’lon qildi.
Bu safar fotosuratchi Jonatan Ximenesning Abxaziyada olingan surati g‘olib bo‘ldi.
Turli nominatsiyalarda g‘oliblarning boshqa ishlarini fotolentamizda tomosha qiling!

Fransuz fotosuratchisi Jonatan Ximenesning "Kafe, Abxaziya" surati 2020 Earth Photo tanlovi g‘olibiga aylandi.

Vyetnamlik fotosuratchi Ly Hoang Long surati 2020 Earth Photo tanlovi "Odamlar" nominatsiyasida short-listdan o‘rin oldi.

Meksikalik fotosuratchi Ruben Orteganing "An’ana pirovardi" surati. Ushbu surat 2020 Earth Photo tanlovining "Iqlim o‘zgarishi" yo‘nalishida short-listdan o‘rin oldi.

Fransuz fotosuratchi Charlz Kselotning "O‘lik daraxt" surati 2020 Earth Photo tanlovining "O‘zgarayotgan o‘rmonlar" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Fotosuratchi Dong Minning "Baliq ovidan" surati Earth Photo 2020 tanlovida "Odamlar" nominatsiyasi bo‘yicha short-listdan o‘rin oldi.

Britaniyalik fotosuratchi Sofi Bartlettning "Gullar" surati Earth Photo 2020 tanlovida "Tabiat" yo‘nalishida short-listdan o‘rin oldi.

Fotosuratchi Yayerong Guoning "Miss" surati Earth Photo 2020 tanlovining "Odamlar" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Xitoylik fotosuratchi Vang Veyveyning "Muqaddas zamin" surati Earth Photo 2020 tanlovida "Joy" yo‘nalishida short-listdan o‘rin oldi.

Fotosuratchi Isik Kayaning "Ikkinchi tabiat" surati Earth Photo 2020 tanlovida "O‘zgarayotgan o‘rmonlar" yo‘nalishida short-listdan o‘rin olgan.

"Pingvinlar-Antarktidadagi olimlar" surati Earth Photo 2020 tanlovida "Iqlim o‘zgarishi" yo‘nalishida short-listdan o‘rin oldi. Surat muallifi shvetsiyalik fotosuratchi Kristian Aslund.

Britaniyalik fotosuratchi I Sunning "Quruq Yer" surati Earth Photo 2020 tanlovining "Tabiat" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Shotlandiyalik fotosuratchi Jo Xabbenning Earth Photo 2020 tanlovida "Iqlim o‘zgarishi" yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan surati.