Ulug‘ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda o‘qituvchi sifatida ish boshladi

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Kitayskaya nevesta Li Ting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Xitoylik kelin” Li Hun Ting (o‘zbekcha ismi Kumush) Avloniy malaka oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini tugatdi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. “Xitoylik kelin” Li Hun Ting (o‘zbekcha ismi Kumush)  Avloniy malaka oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini tugatib, Toshkent shahardagi Xitoy tiliga ixtisoslashgan 59-umumta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida ish boshladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Ulug‘ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda o‘qituvchi sifatida ish boshladi - Sputnik O‘zbekiston
"Kitayskaya nevesta" Li Ting

U o‘qituvchilarga yangi uslubda dars berishni o‘rgatadi.

O‘zbekistonda ilk bor Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xitoy tilini o‘qitish huquqini beruvchi qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.

© Iz lichnogo arxiva Li Ting"Kitayskaya nevesta" Li Ting
Ulug‘ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda o‘qituvchi sifatida ish boshladi - Sputnik O‘zbekiston
"Kitayskaya nevesta" Li Ting

Li Ting xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari uchun video darslarni olib bormoqda.

Xxitoy tili qayta tayyorlov kurslari kontentlari, videodarslarini tasvirga olishda ushbu tilni egasi hisoblangan “Xitoylik kelin” Li Ting xonim bilan hamkorlik o‘rnatildi.

Hamkorlikning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, 20 ta videodars suratga olindi.

Kelgusida xorijlik mutaxassisning A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti qayta tayyorlov kurslari xitoy tili yo‘nalishida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0