Navoiy viloyatida hokim ustidan sudga arz qilgan fermer jasadi ariqdan topildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning "Polvonota" MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan, deb xabar qilmoqda "Daryo.uz" nashri..

Shavkat Mirziyoyev posetil xozaystvo Kuxna vodiy baxori v Altinkulskom rayone Andijaskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev

Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot xizmati fermerning jasadi 2020-yilning 5-noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini bildirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug‘ilayotgani, ularning vajlarini to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilingan. Hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0