Andijonda maktabdan uyga yolg‘iz qaytayotgan qizaloqlarni talon-taroj qilishdi

Obuna bo‘lish
O‘g‘ri ayol qizaloqlarga bayram tadbiriga olib borishini aytib, ularning qulog‘idan ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Andijonda yolg‘iz uyiga qaytayotgan o‘quvchi qizlarning quloqlaridagi ziraklarni yechib olgan ayol ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda Reks laqabli it o‘g‘rilar izidan tushib, jinoyatni fosh qildi

Hodisa Andijonda 2020-yilning 26-noyabr kuni kunduzi ro‘y bergan.

Fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I. shu kabih niyatni rejalashtirib, maktab o‘quvchilari 8 yoshli Rayyona va 7 yoshli Zarinalarning yolg‘iz kelayotganligidan foydalanib, ularga bayram tabrigi olib borishni aytib qizchalarning qulog‘idan 2 juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Oradan bir kun o‘tib, soat 13:00 larda ayol o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, A.Temurshoh ko‘chasida maktab o‘quvchisi - voyaga yetmagan 9 yoshli Munisaning yolg‘iz kelayotganidan foydalanib, unga bayram tadbirida ishtirok etishini aytib, qulog‘idan bir juft ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Belogoloviy orlan - Sputnik O‘zbekiston
Burgut qarmoqqa ilingan baliqni o‘g‘rilab ketdi - video

Tergovga qadar tekshiruv davomida, gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.,dan jabrlanuvchilar Rayyona Sh., va Zarina A.,larga tegishli bo‘lgan sirg‘alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Zulfiyaxon I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0