Sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali baholanadi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlari Internet tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonda sudya faoliyatining samaradorligi elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholanadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-fevraldan sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi (Kengash) va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida:

  • ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlari Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yiladi;
  • sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dastur (“psixologik test”) ishlab chiqiladi;
  • sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlar amaliyotga (reyting dasturi) tatbiq etiladi.

Farmonga ko‘ra:

Prezident tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan, faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan Kengash raisining o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi;

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Sudlar raqamlashtiriladi - prezident qarori

- Sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tuziladi;

- Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish, “Ibratli sudya” mukofoti, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni joriy etiladi.

Yangi tahrirdagi "Sudlar to‘g‘risida"gi qonun - qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Kengash huzurida amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayan vaziyatlarda qo‘llanilishi yuzasidan so‘rovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega bo‘lgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0