TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya telekanallari Vladimir Putinning an’anaviy matbuot-anjumaniga uch soat vaqt ajratishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tadbir 17-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 12:00da boshlanadi. Prezident video-aloqaga o‘zining Novo-Ogarovodagi qarorgohidan chiqadi.
Federal va xorijiy OAVlar jurnalistlari Xalqaro savdo markazida faoliyat yuritishadi. Regional OAV vakillari o‘z federal okrugidan chiqmagan holda tadbirda ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilda matbuot-anjumaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot elementlari kiritiladi: fuqarolar "Moskva - Putinga" ilovasi orqali savollar berishlariga imkoniyat yaratilgan. Ayni vaqtda ilovani yuklab olish mumkin.
Putinning katta matbuot-anjumani 2001-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Qoidaga ko‘ra, mamlakat yetakchisi avvaliga iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga to‘xtaladi, shundan so‘ng jurnalistlar o‘z savollarini berishadi.
O‘tgan yili matbuot-anjumani 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va to‘rt soatu o‘n sakkiz daqiqa vaqtni olgan. OAV vakillari 70dan ortiq savollarni berishga ulgurganlar.