Kamilov raisligida MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi o‘tkaziladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir chog‘ida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikda erishilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashiniladi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 2020-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensiya shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida o‘tkaziladigan majlisda Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chog‘ida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikda erishilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashiniladi.

Shu bilan birga, MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari ham muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0