Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi

© Depositphotos / LofiloloJenshina zakrivayet litso
Jenshina zakrivayet litso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam so‘rab xabar jo‘natadi va uning manziliga havola yuboradi. Ilovada yordam uchun xabarga javob bera oladigan 5 tagacha yaqin kishilarning kontaktlarini qo‘shish mumkin.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun “Najot” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Ilovaning bosh sahifasida favqulodda vaziyat uchun mo‘ljallangan “Ordam tugmasi” mavjud. Agar foydalanuvchi oiladagi zo‘ravonlik qurboniga aylangan bo‘lsa, ushbu tugmani bosib, 3 soniyadan ko‘proq ushlab turish kerak. “Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam so‘rab xabar jo‘natadi va uning manziliga havola yuboradi.

“Yordam” tugmachasini ishlatish uchun “Yordam uchun kontaktlar” bo‘limiga foydalanuvchi yaqinlarining kontaktlarini va yordam haqidagi xabarni qo‘shishi kerak. Yordam uchun xabarga javob bera oladigan 5 tagacha yaqin kishilarning kontaktlarini qo‘shish mumkin. Ushbu odamlarni ilova to‘g‘risida oldindan ogohlantirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, foydalanuvchi “Eng yaqin yordam markaziga xabar berish” parametrini tanlashi mumkin. Shunda foydalanuvchi uchun xavf to‘g‘risida xabar eng yaqin reabilitatsiya markaziga yuboriladi.

Ilovada “Yordam markazlari” bo‘limi ham mavjud. Unda oilaviy muammolar, zo‘ravonlik va favqulodda vaziyatlarda yordam uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot olish mumkin. Ushbu markazlarda, lozim bo‘lsa, psixolog, shifokor yoki huquqshunos maslahatlarini olish va himoyalangan turar joy bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Ilovada har bir hududdagi zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish markazlari ro‘yxati hamda markazlarning manzili xaritada keltirilgan. Kerakli hududni tanlab, ushbu markazlarning manzili va kontaktlari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Marufova Gulnora Maxmudovna, perviy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik O‘zbekiston
Oiladagi zo‘ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu

“Bilish muhim” bo‘limida ayollar salomatligi, ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, oilaviy munosabatlar, huquqiy masalalar va boshqa masalalarga oid eng ko‘p tarqalgan savollarga javoblar mavjud. Shuningdek, himoya orderini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud. Bundan tashqari, foydalanuvchi zo‘ravonlik turini aniqlash yoki zo‘ravonlik nima ekanligini tushunish uchun testlardan o‘tishi mumkin.

Ushbu bo‘limda foydalanuvchi testdan o‘tishi va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik borligini aniqlashi va qanday yordamga muhtojligini tushunishi mumkin. Masalan, agar javoblarda «ko‘pincha” va “doimiy” javoblar ustunlik qilsa, demak, foydalanuvchi oilasida zo‘ravonlik muammosi dolzarbdir

Qayerda va qanday bo‘lishidan qat’i nazar, foydalanuvchi yordam olguncha: u taqdim etgan barcha ma’lumotlar sir saqlanadi. Ushbu mobil ilova o‘zbek va rus tillarida mavjud. Yaqin orada “Najot” mobil ilovasini PlayStore-da yuklab olish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020-yil anvar–sentabr oylarida zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 14 849 ta murojaat kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0