Aleksandr Lukashenko Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sanksiyalari va uning prezidenti Tomas Baxning bayonotiga munosabat bildirdi. Belarus rahbari bu masala yuzasidan sudga murojaat qilishni taklif qildi.
“Bax va uning to‘dasi aybim nima ekanligini isbotlasin. Aybim, mamlakatimni himoya qilayotganimmi?! Nima uchun meni jazolash kerak. 25-yildan beri bu tadbirlarda qatnashmayman, bundan keyin ham busiz yashay olaman”, - degan u.
Lukashenko sanksiyalar undan tashqari boshqalarga nisbatan ham qo‘llanilganinidan hayron bo‘lgan.
“Menku mayli, bir amallayman, lekin bolalarga nega teginyapsiz? Dunyoda adolat yo‘q. Agar odilona siyosat olib borsang – hech kimga kerak bo‘lmaysan, dushmanga aylanasan”, - deya fikr bildirgan Belarus rahbari. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.