O‘zbekistonda yana qor yog‘adi: 9-dekabrga ob-havo ma’lumoti

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin.

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Ertaga, 9-dekabr kuni O‘zbekiston regionlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin.

8 dekabr soat 20 dan – 9-dekabr soat 20 gacha

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0