Uyga qo‘shnilar orqali

Obuna bo‘lish
Ma’lumki, pandemiya tufayli kiritilgan karantin cheklovlari va chegaralar yopilishi tufayli MDH shaharlari o‘rtasida parvozlarning aksariyati bekor qilindi.

Ushbu vaziyat Rossiyada ishlaydigan migrantlar uchun ham katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. O‘z ish mavsumini yakunlab uyiga qaytishni istaydigan fuqarolar bu yil aviachiptalarni o‘tgan yillarga nisbatan 2-3 baravar qimmatroqqa sotib olishga majbur bo‘lishmoqda.

Moskva – Samarqand yo‘nalishida ekonom klass aviachiptalar 2019-yilda 10-12 ming rublga sotib olish mumkin edi. Bugungi kunda esa ularning narxi 30-32 ming rublga ko‘tarilgan.

Moskva – Dushanbe yo‘nalishidagi chiptalar odatda 13-14 ming atrofida sotilgan. Ayni damda esa ushbu chiptalar narxi - 37 200 rublga chiqqan.

Albatta, narxlar oshishiga o‘ziga yarasha iqtisodiy sabablar ham bor. Rossiyaga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari kirishi cheklangani tufayli aviaparvozlar bir yo‘nalishga bo‘sh uchishga majbur.

Lekin mehnat migrantlari ushbu vaziyatda ham arzonroq chipta sotib olish imkonini topishmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida, Tojikistonning Xo‘jand shahri atrofida istiqomat qiladigan fuqarolar “Moskva – O‘sh” chiptalarini sotib olib, Qirg‘iziston orqali uchib ketishmoqda.

Tojikiston fuqarolari esa O‘zbekistonning Samarqand yoki Termiz shaharlari orqali uchib ketishmoqda. Ular uchun qo‘shimcha 2000 rubl evaziga o‘zbek-tojik chegaragacha transfer tashkil qilingan.

Batafsil Sputnik infografikasida.

Yangiliklar lentasi
0