Tailand go‘zali: 30 nafar malika ko‘prikdan loyqa suvga qulab tushdi - video

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovUchastnitsa konkursa krasoti
Uchastnitsa konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Miss Tailand” go‘zallik tanlovi ishtirokchilari fotosessiya paytida osma ko‘prikdan loyqa suvga qulab tushishdi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. “Miss Tailand” go‘zallik tanlovining ishtirokchilari fotosessiya paytida osma ko‘prikdan loyqa suvga qulab tushishdi.

The Daily Mail xabariga ko‘ra, voqea musobaqaning ikkinchi kunida, qizlar restoran yaqinidagi osma ko‘prikda suratga tushayotganda sodir bo‘ldi.

Ko‘prikning arqonlari uzilib ketdi. Ko‘prikda turgan barcha 30 nafar ishtirokchi suvga qulab tushishdi. Uch nafar ayol yengil jarohat oldi.

Restoran egasi davolanish uchun pul to‘lash va tanlov ishtirokchilarining liboslarini tartibga keltirishga va’da berdi.

Milliy go‘zallik tanlovi direktori Adisorn Suddi xavfsizlik muammolarini hal qilish maqsadida tadbir ataylab poytaxtdan ko‘chirilganligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0