Patent, RVP, VNJ: rus tilidan imtihon olishga doir asosiy o‘zgarishlar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 8-dekabr kuni "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" Federal qonunining 15-1-sonli qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida" gi 412-FZ-sonli federal qonuni e’lon qilindi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi, yashash guvohonasi, patent va ishlash uchun ruxsatnoma olish maqsadida rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon olishga doir 151-FZ-sonli Federal qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar normativ huquqiy hujjatlar rasmiy portalida e’lon qilindi.

Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar uchun rus tili va tarixidan imtihon tartibi o‘zgaradi

Asosiy o‘zgarishlar:

🔹 rus tili, tarix va qonunchilik asoslaridan imtihon o‘tkazadigan tashkilotlar ro‘yxati Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi va tegishli veb-saytda joylashtiriladi;

🔹 rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha sertifikatning amal qilish muddati Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanadi va har bir alohida xizmat (RVP, VNJ, patent) farq qiladi;

🔹 RVP, patent va ishlash uchun ruxsat olish uchun yashash guvohnomasi uchun olingan sertifikat bilan tilni bilishni tasdiqlash mumkin;

🔹 RVP sertifikati patent va ishlashga ruxsat olish uchun tilni bilishini tasdiqlash mumkin;

🔹 rus tilidagi berilgan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanadi, unga Ichki ishlar vazirligi kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹 RF hukumati tomonidan hisoblash metodikasi asosida sertifikatning maksimal narxi belgilanadi;

🔹 Rossiya Federatsiyasi hukumati imtihonlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiqligini tekshirishni o‘z zimmasiga oladi;

🔹 Qonun kuchga kirgunga qadar berilgan sertifikatlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

O‘zgarishlar 2021-yil 7-iyuldan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0