Ekspert mehnat migrantlari RFga kirishlarida muammo ko‘rmayapti

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishEks-zamdirektora FMS RF, spetsialist po migratsionnomu zakonodatelstvu Vacheslav Postavnin, arxivnoe foto
Eks-zamdirektora FMS RF, spetsialist po migratsionnomu zakonodatelstvu Vacheslav Postavnin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning ma’lum qilishicha, u mehnat migrantlarining RF hududiga kirib kelishi borasida muammolarni ko‘rmayapti, negaki, bu tezda hal etilishi mumkin bo‘lgan texnik masaladir

RF FMS sobiq rahbar o‘rinbosari, migratsiyaviy qonunchilik bo‘yicha mutaxassis Vacheslav Postavnin Rossiya SSP tomonidan COVID-19 pandemiyasi vaqtida migrantlarga oilalari bilan kirishni soddalashtirish borasida kiritilgan taklifga izoh berdi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya SSP rahbari migrantlar uchun chegarani ochishga ruxsat berishni so‘radi

RF FMS sobiq rahbar o‘rinbosarining fikricha, mamlakat iqtisodiyotidan ulkan miqdordagi migrantlarning kamaytirilishi ba’zi bir muammolarga olib keldi.

Ekspertning ma’lum qilishicha, u mehnat migrantlarining RF hududiga kirib kelishi borasida muammolarni ko‘rmayapti, chunki bu tezda hal etilishi mumkin bo‘lgan texnik masalalardan biridir.

"Koronavirusga analiz topshirda - ishla. Bizda juda samarali narsa - tezkor-tahlil bor ekan, nega karantinda o‘tirish kerak", - deydi Postavnin.

Spikerning ta’kidlashicha, keyinchalik O‘rta Osiyodan keladigan yuqori malakali mutaxassislarni malakasi past mutaxassislardan ajratib olishda yordam beruvchi strategiyani ishlab chiqish kerak bo‘ladi, chunki bu hozirgi kunda Rossiya migratsiya siyosatining eng katta muammosidir.

"Biz bu keng ommadan bundaylarni ajratib olishni bilmaymiz", - deb qo‘shimcha qildi FMS sobiq rahbar o‘rinbosari.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Postavnin o peredvijeniyax migrantov v period pandemii - kak reshit vopros
Yangiliklar lentasi
0