O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida Markaziy Osiyo bo‘yicha 1 o‘rinni egalladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPloshad Registan v Samarkande
Ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ODIN reytingida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44 o‘rinni hamda Markaziy Osiyoda 1 o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston “Open Data Inventory” (ODIN)  reytingida dunyoda 44 o‘rinni, Markaziy Osiyo bo‘yicha 1 o‘rinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.

O‘zbekiston “ODIN ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ballni to‘plagan.

“Mazkur ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston ODIN reytingida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44 o‘rinni hamda Markaziy Osiyoda 1 o‘rinni egalladi”,  - deyilgan xabarda.

“Open Data Inventory” (ODIN) - rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari (MSO) bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va rag‘batlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.

Ma’lumot uchun, ODIN 2018-yildagi reytingida O‘zbekiston jahonda 169-o‘rinni egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0