Hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda

© SputnikV Uzbekistane vipal perviy sneg
V Uzbekistane vipal perviy sneg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Surxondaryo viloyatida kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat foni meyoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘lishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga 8-dekabrda mamlakat hududlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

9 dekabr kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 10-11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shuningdek, bu kunlarning iqlimiy meyoridan 6-9 darajaga past bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0