TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o‘ldirib ketilgani haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochgan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ishsiz 29 yoshli J.S. 29-noyabr kuni o‘g‘irlik qilish maqsadida kirgan xonadonda yashayotgan 79 yoshli ayol va uning nabirasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlangan.
Tergovda fuqaro J.S. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.