Rossiyada mol go‘shti rekord darajada qimmatladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishMasopererabativayushee predpriyatie APX "Miratorg" v Branskoy oblasti
Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada mol go‘shtining ulgurji narxi bir yil davomida 17,5 foizga yoki kilosiga 113 rubl qimmatladi.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. 2020-yil boshidan buyon mol go‘shti Rossiyada rekord darajada qimmatladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya go‘shtni qayta ishlash Milliy ittifoqi ma’lumotlariga asoslangan holda.

Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shti yil boshidan buyon 17,5 %ga qimmatlashib yangi rekord o‘rnatgan. Xususan 2019-yilning noyabr oyida 1 tonna mol go‘shtining ulgurji narxi 243,87 ming rubl bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilning noyabrida – 356,8 ming rublni tashil qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mol go‘shti qimmatlashishi munosabati bilan rossiyaliklar uning o‘rniga ko‘proq parranda go‘shti yoki cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishga o‘tishgan. Bugungi kunda mol go‘shtining asosiy iste’molchilari - mehmonxonalar, restoranlar, ijtimoiy muassasa (maktab, bog‘cha) va qayta ishlovchi korxonalardir.

Kurinaya okorochka - Sputnik O‘zbekiston
Kim AQShda yetishtirilgan go‘sht bilan o‘zini-o‘zi zaharlamoqda?

Ma’lumot uchun, Rossiyada yiliga o‘rtacha hisobda 2 mln tonnadan ortiq. Yillik ishlab chiqarish miqdori esa 1,65 mln tonnani tashkil qiladi. Qolgan mol go‘shtini Rossiya Belarus Respublikasi (191 ming tonna) Paragvay (51 ming tonna) va Braziliyadan (40 ming tonna) import qilgan.

Rossiyaga mol go‘shti har yili hukumat tomonidan ajratiladigan kvotalarga muvofiq import qilinadi. Xususan, 2020-yilda kvota 517 ming tonnani tashkil qilgan edi. Shu bilan birga AQSh, YeI va Ukrainadan go‘sht mahsulotlari olib kirish mutlaq ta’qiqlangan. 

Yangiliklar lentasi
0