“Narxlar osmonga uchdi”: Markaziy Osiyo mamlakatlariga aviachipta narxi qanday o‘zgardi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Sheremetyevo
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda Rossiyadan uchib ketish uchun oldinga qaraganda mo‘maygina pul sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. Bir yil ichida deyarli barcha ommabop yo‘nalish narxlari sezilarli oshdi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Tutu.ru sayohat va safarlar xizmati tahlilchilari hozirgi va o‘tgan yilgi Rossiyadan xorijga chipta narxlarini solishtirishdi. Sputnik Tojikiston nashriga yo‘llangan hisobotda xorijiy yo‘nalishlarga chipta narxlari sezilarli o‘sganini ko‘rish mumkin.

Narxlar, asosan, 40 foizdan 80 foizgacha o‘smoqda, biroq eng ommabop xorijiy yo‘nalishlar orasida mustasnolari ham bor.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan airways chipta narxini tushirdi

Masalan, Kishinyov va Antalyaga narxlar unchalik o‘rgarmagan: Moldovaga o‘rtacha narx 500 rublga qimmatlashgan. Turkiyaga, aksincha, shunga pulga arzonlashgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiptalar sezilarli qimmatlashgan. Masalan, O‘shga uchish uchun 2019-yil dekabridagi kabi 10 ming rubl emas, balki 18 ming rubldan ziyod sarflashga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston va Qozog‘istonga chiptalar narxi keskin ko‘tarilgan: ular bir yil ichida mos ravishda 154 foiz va 192 foizga o‘zgargan.

Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar narxi 11 413 rubldan 29 035 rublgacha o‘sgan. Moskva-Nur-Sulton reysiga endilikda 25 194 rublga chipta olish mumkin. 2019-yilda bu yo‘nalishdagi chipta narxi 8 617 rubl edi.

Minsk, Bishkek va Kishinyov yo‘nalishlari Moskvadan eng ommabop uchta yo‘nalishga kirgan.

Yangiliklar lentasi
0