TOShKENT, 7 dek — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning holidan oila a’zolari xabar olmay qo‘yishdi. Ayni vaqtda siyosatchining eng yaqin odami uning yordamchisi bo‘lib qolgan. Vitaliy Manskiyning "Gorbachov. Jannat" filmini ko‘rganidan so‘ng "MK" jurnalistlari bunday xulosalarga kelishdi.
Gorbachov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolg‘iz yashamoqda. Bino qo‘riqlanadi, baland panjara bilan o‘ralgan.
Filmda SSSR sobiq prezidenti nabiralari endi uni ko‘rish uchun kelmayotganini tan oldi. Uning o‘zi o‘rnidan arang qo‘zg‘aladi va maxsus moslama yordamida harakat qiladi.
Ikkinchi qavatga chiqish uchun liftdan foydalanadi.
Gorbachovning qizi va ikki nabirasi Germaniyada yashaydi va Rossiyaga kelmaydi, siyosatchining o‘zi esa xorij safariga bora olmaydi.