TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Rossiyada taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terroristik tashkiloti tarafdolarini qo‘lga oldi. Bu haqda FXX mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Krasnoyarsk o‘lkasi Rossiya FXXB O‘rta Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarolari tarkibiga kirgan “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdorlarining faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.
A’zolardan biri Krasnoyarsk aeroportida qo‘lga olingan. U qurolli to‘qnashuvlarda jangarilar tarafidan ishtirok etish uchun xorijga ketishni rejalashtirgan. Tashkilotning qolgan a’zolari turar joyida qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlar soni ochiqlanmagan.
Tergovchilar terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ta’lim olish va terrorchilik faoliyatiga ko‘mak berish moddalari bilan jinoiy ish ochgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakat fuqarolarini yollab, “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yilgani xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.