"Belaz" samosvallarini sotib olishni VEB.RF moliyalashtiradi

© Sputnik/Viktor TolochkoOAO "BelAZ"
OAO BelAZ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya korporatsiyasi o‘zbekistonlik xaridorga "Belaz" mahsuloti uchun uzoq muddatli kredit ajratadi, kredit foizi esa Belarus davlat budjeti tomonidan qoplanadi. 

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiyaning VEB.RF davlat korporatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya majmuasi tomonidan Belaz samosvallarini sotib olishni moliyalashtiradi. 

"VEB.RF Olmaliq tog‘-metallurgiya majmuasi "Belaz" karyer samosvallarini sotib olishini moliyalashtirishda yordam beradi. Moliyalashtirish hajmi $59 mln, muddati 5-yil", - deyilgan xabarda. 

VEB raisi o‘rinbosari Daniil Algulyan aytishiga ko‘ra, bu Rossiya va Belarus hamkorligining yangicha shakli bo‘ladi. Rossiya korporatsiyasi xaridorga uzoq muddatli kredit ajratadi, lekin kredit stavkasi Belarus davlat budjeti tomonidan qoplanadi. 

Ma’lumot uchun, odatda VEB.RF Rossiya korxonalari mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha bitimlarni moliyalashtirishda ko‘mak beradi. 

Yangiliklar lentasi
0