TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Samarqand shahri markazida joylashgan "Afrosiyob - palas" mehmonxonasining auksion savdolari yakunlandi, deb xabar qilmoqda e-auksion sahifasi.
"Auksionda 3ta kompaniya ishtirok etdi. Boshlang‘ich narxi 27,4 mlrd.so‘m bo‘lgan davlat aktivi 29 qadam bilan 43,3 mlrd.so‘mga sotildi", - deyilgan xabarda.
Auksion g‘olibi - OOO ARJUN CONSTRUCTION, g‘olib tasdiqlagan taklif - 43 344 055 233.00 UZS.
Eslatib o‘tamiz, davlat aktivini sotib olgan g‘olib 2022-yil 1-aprelga qadar 100 ta yangi ish o‘rni yaratib, xalqaro standarlarga mos keladigan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini to‘liq foydalanishga topshirishi kerak.
Ma’lumot uchun, Afrosiyob palas Samarqand shahrining markazida, Registon, Go‘r Amir sayyohlik majmualariga majmualariga piyoda borish mumkin bo‘lgan masofada joylashgan. Mehmonxonasi 1996-yilda qurib bitkazilgan va 278 ta nomerga ega. Shuningdek mehmonxonada bir necha bar, restoran va anjumanlar zali va hammom va besseyn bor.