TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Xitoy hududida koronavirusga ega ko‘pshapalaklarning bir qancha turi mavjud, deb xabar qildi Uxan virusologiya instituti mutaxassisi Shi Chjenli. Uning so‘zlaridan Guardian iqtibos keltirmoqda.
Virusolog koronavirusning yangi turlari mamlakatning janubiy va janubi-g‘arbiy qismlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi.
Ekspert shuningdek, koronavirusli ko‘rshapalaklar Xitoy chegarasidan tashqarida, xususan, Janubiy Osiyoda ham mavjud, deya hisoblaydi.
Chjenli COVID-19 virusi ko‘rshapalakdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaganini, o‘rtadagi tashuvchini aniqlashtirish kerakligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, o‘tgan yilning oxirida topilguniga qadar, virusning hayvonlar yoki odamlar orasida qancha vaqt sirkulyatsiya qilganligi haqidagi savol ham noma’lumligicha qolmoqda.