TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rosaviatsiya tegilshi litsenziyaga ega bir nechta aviakompaniyalarga fuqarolarni yoki yuklarni tashish bo‘yicha chet elga xalqaro reyslarni amalga oshirish huquqini berdi. Aviakompaniyalar ro‘yxati idora sayti qarorida e’lon qilingan.
11ta aviakompaniyalar ichida eng ko‘p yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirish huquqini AZUR air kompaniyasi qo‘lga kiritgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga parvoz punktlari orasida O‘zbekiston ham bor.
Rosaviatsiya qaroriga muvofiq, endilikda "IrAero", "Severniy veter", "Red Vings" kabi aviakompaniyalar haftasiga 2-5 martagacha Rossiyaning Nijnevartovsk, Moskva, Krasnoyarsk, Ufa, Yekaterinburg, Rostov-Dondan O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand singari shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi mumkin.
Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni ortgan. Xususan, AZUR air Irkutskdan Tojikistonga, "Severniy veter", "Red Vings", "AZUR eyr", "Azimut", "Severniy Veter" - Qozog‘istonga, "Severniy veter" esa Qirg‘iziston(Bishkek)ga parvozlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan.