OAV: O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i oxrana
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov ilgari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2007-yilda u II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga rais etib tayinllandi, deb xabar berdi mahalliy OAVlar.

Teloxranitel Sadullo Muxammadkulov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning tan soqchisi bilan suhbat

Xususan, "Gazeta.uz" hukumatdagi bir necha manbalariga tayanib bu haqda xabar qilgan.

Kun.uz nashri ushbu tayinlov joriy yil oktabr oyi oxirlarida amalga oshirilganligini ta’kidlamoqda.

Alisher Usmonov ilgari Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2007-yilda u II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Bahodir Toshmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. 

Bahodir Toshmatov shu yilning martidan Prezident davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi, 2017−2020 yillarda Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0