Qarshidan Toshkentga olib kelinayotgan 351 kilo go‘sht iste’molga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaso na rinke v Tashkente
Maso na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Go‘sht laboratoriyada tekshirilib, iste’molga uchun yaroqsiz ekanligi yuzasidan xulosa olingach, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Sirdaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV PPXvaJTSBB.
Voqea 3-dekabr soat 02:30 larda Sirdaryo tumanida joylashgan "Sirdaryo" YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida "Qarshi-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 20 yoshli E.X. boshqaruvidagi "Neksiya-2" mashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismi va yuk xonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid hamda veterinariya kuzatuv hujjatisiz jami 351 kg. qoramol go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Go‘sht viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasida tekshirilganida, iste’molga uchun yaroqsiz ekanligi aniqlanib, u belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Fuqaro E.X.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0