O‘zbekiston va Rossiya qator hujjatlarni imzoladi - ro‘yxat

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava Minpromtorga RF Denis Manturov i ministr vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Glava Minpromtorga RF Denis Manturov i ministr vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston savdo va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir nechta hujjatni imzoladi

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston savdo va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir nechta hujjatni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"O‘zbekiston va Rossiya korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi" davra suhbati yakunida respublika ishbilarmon doiralari ishtirokida imzolash marosimi o‘tkazildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr promishlennosti i torgovli RF Denis Manturov
O‘zbekiston va Rossiya qator hujjatlarni imzoladi - ro‘yxat - Sputnik O‘zbekiston
Ministr promishlennosti i torgovli RF Denis Manturov

Imzolangan hujjatlar:

  •  Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida sanoat, tashqi savdo va investitsiya kooperatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • "INNOPROM. O‘zbekistonda yirik sanoat haftaligi" xalqaro sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi.

Sanoat va savdo vazirligi rahbari respublikaga tashrif chog‘ida RF moliyaviy ko‘magi, uning texnologiyalari va uskunalaridan foydalangan holda qurilgan yangi metallurgiya zavodini ochish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, Denis Manturov 2021-yil aprelda O‘zbekistonda “Innoprom” sayyor ko‘rgazmasi o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu sanoat forumi Rossiyadan tashqarida birinchi marta bo‘lib o‘tadi. Tadbirda RF va O‘zbekiston kompaniyalaridan tashqari, barcha qiziqish bildirgan sanoat korxonalari ishtirok etishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0