Bir oqshomda bir million: odamlar hayvonlarni och o‘limdan asrab qolishdi

Obuna bo‘lish
Tataristonda ochlik xavfi yoqasiga kelib qolgan hayvonlar boshpanasiga odamlar bir oqshomda bir million rubl o‘tkazib berishdi.

Yaqinda Tatariston Respublikasining Aksubayeva nomli qishloqda joylashgan "Vega" nomli hayvonlar boshpanasida bir  ajoyib voqea sodir bo‘ldi. Boshpana ko‘ngilli fuqarolar tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, faqat xususiy xayriya mablag‘lari asosida kun ko‘rardi. U yerda 100ga yaqin har xil vaziyatlarda qutqarib qolingan va asrab olingan it va mushuklar saqlanadi. 

Lekin oxirgi vaqtlarga ushbu boshpanaga ekskursiyaga keladigan va xayriya qiladigan kishilar soni keskin kamayib ketishi tufayli Vega moliyaviy og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Boshpana qarzlari ko‘payib, hayvonlarga berishga ovqat ham qolmaganidan so‘ng, uning boshlig‘i instagramda g‘amgin xabar yozib qoldirgan.

"Xabaringiz bor bizning boshpana "Aksubayevo" qishlog‘ida joylashgan. Bu yerda mahalliy aholi ham juda qiyin ahvolda yashaydi, bizga yordam beradigan hech kim yo‘q. Boshpanamiz qarzlari 1 milliondan oshib ketdi. Hayvonlarga beradigan ovqat ham qolmagan. Nahotki shu oxirgi nuqta bo‘lsa? Nahotki endi ularni yana ko‘chaga chiqarib yuborishga to‘g‘ri kelsa", - deb yozib qoldirgan edi.   

Shundan so‘ng ushbu xabar keng tarqalib, hayvonlarga befarq bo‘lmagan kishilar tomonidan bir oqshomda bir million rubldan ortiq xayiya mablag‘lari jamlangan. Ushbu mablag‘lar barcha qarzlarni qoplab hayvonlar uchun yana bir oylik ovqat zahiralari jamlashga yetarli bo‘lgan. 

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot "Vega" chastniĭ mini-priyut (@priut_vega)

Yangiliklar lentasi
0