TOShKENT, 3 dek — Sputnik. “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
- 2-sentabr – payshanba;
- 3-sentabr – juma.
Shuningdek, 2021-yil 2-yanvar – shanba, 20-mart – shanba, 22-mart – dushanba va 4-sentabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.