TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. 3 dekabr kuni Shuhrat Jalilov va uning oʻgʻli Amal Jalilov Toshkentga uchib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ular agentlik vakillari tomonidan kutib olinib, doimiy yashash joyiga kuzatib qoʻyilgan.
Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi, mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida ularni vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, 1974 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Shuhrat Jalilov uzoq yillardan buyon Rossiyada ishlab kelgan. Uning Ukraina fuqarosi boʻlgan ayoldan 2013 yilda farzandi tugʻilgan. 2020 yil avgust oyida bolaning onasi vafot etgan.