Migrantlar uchun rus tilidan imtihon: senatorlar yangi qonunni ma’qulladi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishEkzamen po russkomu yaziku dlya inostrannix grajdan
Ekzamen po russkomu yaziku dlya inostrannix grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migrantlar uchun rus tili va Rossiya tarixidan kompleks imtihon o‘tkazishga yagona yondashuv to‘g‘risidagi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Migrantlar uchun rus tili va Rossiya tarixidan kompleks imtihon o‘tkazishga yagona yondashuvlar to‘g‘risidagi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar uchun rus tili va tarixidan imtihon tartibi o‘zgaradi

Qabul qilingan hujjatda chet el tili sifatida rus tilidan, Rossiya tarixi va uning qonunchiligi asoslaridan chet elliklar uchun kompleks imtihonni o‘tkazish, bu fanlardan imtihon olish huquqiga ega bo‘lgan ta’lim tashkilotlari tomonidan sertifikatlarni berish tartibi bayon etilgan.

Imtihonlar rasmiy ro‘yxatga kiritilgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Qabul qilingan qonunga muvofiq, guvohnomaning amal qilish muddati uni olish maqsadiga qarab belgilanadi: 3-yil - vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olish uchun, muddatsiz - yashash guvohnomasini olish uchun.

Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lish maqsadiga (ishlash, vaqtincha yoki doimiy yashash)ga bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr boshida “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ochilgani haqida xabar berilgandi.

Migranti vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Patent uchun rus tili imtihonini O‘zbekistonda topshirish mumkin

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)ning mamlakatdagi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga o‘qitish va zaruriy kasblarga tayyorlash, Rossiya tarixi, qonunchiligi va rus tili bo‘yicha imtihon topshirib, sertifikatga ega bo‘lish imtiyozlarini yaratish, Vazirlik tasarrufidagi o‘quv markazlarida rus tili sinflari tashkil etilib, unga rus tili o‘qituvchilarini jalb qilish, tayyorlash, malakasini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

27 oktabridan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti o‘quv dasturi asosida 500 nafar o‘qituvchini o‘qitish bo‘yicha 72 soatlik bepul seminar o‘tkazilib, sertifikatlar berilishi va ushbu o‘qituvchilar Vazirlik tasarrufidagi 25 ta o‘quv markazlarida tashkil etilgan rus tili sinflariga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon shaharlarida rus tili va kasb-hunarlarga o‘qitish bo‘yicha guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, jami 364 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti o‘quv jarayonlariga jalb etilgan.

Bundan tashqari, kelgusida Rossiyaning o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ko‘proq yashaydigan hududlarida ham rus tili va kasbga o‘qitish markazlarini ochish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0