Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi O‘zbekistonga nima beradi?

© Foto iz lichnogo arxiva Goar BarseganDirektor departamenta razvitiya integratsii YeEK Goar Barsegan
Direktor departamenta razvitiya integratsii YeEK Goar Barsegan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Kuba Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat maqomini olish uchun ariza topshirdi. Yakuniy qaror 11-dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashida imzolanadi.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori Goar Barsegan tomonlarning vazifalariga oydinlik kiritdi.

Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston dekabrda YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi - RF Sanoat va savdo vazirligi

- YeOII to‘g‘risidagi kelishuvga asosa kuzatuvchi-davlatlar vakillari YeOII tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin, lekin qarorlarni qabul qilishda qatnashmaydi;

- hamkor-davlatlarga YeOIIda qabul qilingan maxfiy bo‘lmagan hujjatlar va reglamentlar taqdim etiladi;

- kuzatuvchi-davlat Ittifoqqa yoki a’zo-davlatlarining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi;

- kuzatuvchi-davlat maqomi YeOIIning integratsiya kun tartibidan xabardor bo‘lish va turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga imkon beradi;

O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish to‘g‘risida yakuniy qaror 11-dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.

"Bizda bu maqomni yaqinda olgan Moldova bilan ijobiy tajriba mavjud. Ishonchim komilki, Kuba ham, O‘zbekiston ham kuzatuvchi-davlat maqomlari rasmiy tasdiqlangandan so‘ng, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha YeOII sheriklari bilan faolroq hamkorlik qiladi", - deb xulosa qildi YeIK vakili.

Shu yil yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama o‘rganib chiqish kerakligi haqida aytgandi.

Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YeOIIdagi kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyining boshida - Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini ma’qullagandi.

YeOII – 2015-yil 1-yanvardan boshlash faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston - ittifoq a’zolari.

Yangiliklar lentasi
0