Sardobaga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi olib kelindi

© O‘zsuvta’minotV Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu
V Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sardoba,  Oqoltin va Mirzaobod hududlari ilk bor markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlandi.

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Sirdayoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod hududlariga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmog‘i kirib bordi, deb xabar qilmoqda "O‘zsuvta’minot" AJ.

"Sardoba - Oqoltin - Mirzaobod hududlarida jami 89,9 km. masofada ichimlik suvi tarmoqlari, 6,9 km. masofada oqova suv tarmoqlari tortildi. 6 ta ichimlik suvi inshooti, 11 dona oqova suv haydash inshooti qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi. Suv inshootlarini bunyod etish ishlari davom etmoqda", - deyilgan AJ xabarida. 

Natijada ushbu hududlarda yangi qurilgan ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon ichimlik suvi va kanalizatsiya muammosi qiynab kelayotgan qishloqlar, mahallalarda ham suv ta’minoti yaxshilanmoqda. E’tiborlisi, yangi xonadonlarga suv hisoblagichlari ham o‘rnatib berilgan bo‘lib, bu ortiqcha suv sarfining oldini olish va iste’molchilarda suvdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

© O‘zsuvta’minotV Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu
Sardobaga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
V Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning may oyida “Sardoba” suv omborida suv toshqini yuz bergan edi. Uning oqibatida ushbu hudud jiddiy talafot ko‘rgan edi. Talafotni bartaraf etish hamda Sardoba-Oqoltin-Mirzaobodda suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan 16 ta obektda ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘i, yangi inshootlar bunyod etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar ushbu yo‘nalishdagi ishlar deyarli yakunlangan. 

© O‘zsuvta’minotV Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu
Sardobaga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
V Sardobu vpervie proveli sentralizovannoe vodosnabjenie i kanalizatsiyu
Yangiliklar lentasi
0