Ozarbayjonlik model “Yevropa go‘zali” tanlovida g‘alaba qozondi - foto

© Instagram / emi_hamidovaEmiliya Gamidova, foto iz arxiva
Emiliya Gamidova, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada bo‘lib o‘tgan "Miss Universe-2020" xalqaro go‘zallik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada bo‘lib o‘tgan "Miss Universe-2020" xalqaro go‘zallik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon. Emiliya “Miss Yevropa” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot E M I L I A (@emi_hamidova)

Loyihada turli davlatlardan kelgan ayollar ishtirok etishdi. G‘oliblar SMS orqali ovoz berish va hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi. Taqdirlash marosimi Vegas City Hall da o‘tgan yillar ishtirokchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot E M I L I A (@emi_hamidova)

Gamidova Bokuda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zi daromad topishni orzu qilar edi va u bunga erishdi. 14 yoshidan boshlab Gamidova model biznesida ish boshladi, ko‘plab loyihalarda qatnashdi.

Ayni vaqtda Emiliya Moskva davlat madaniyat instituti aktorlik fakultetining 4-kurs talabasi. Moda biznesidan tashqari Gamidova Rossiya seriallari va filmlarida ham rol o‘ynagan.

Yangiliklar lentasi
0