Mirziyoyev va Putin MDH sammitini muhokama qilishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali koronavirus oqibatlari hamda MDH sammitini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 30-noyabr kuni telefon orqali muloqot qilishdi.

Suhbatda, jumladan aqin kunlarda videoanjuman shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi. Bu yil ushbu majlisda O‘zbekiston raislik qiladi. 

Shuningdek prezidentlar koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Bu borada o‘zaro tashriflar, hukumatlararo hamkorlik mexanizmlari unumli ishlayotgani, o‘zaro savdo hajmlari ortib borayotgani hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi dasturlari davom etayotgani qayd etildi. 

Undan tashqari O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni ham muhokama qilishdi. "Suhbat har doimgidek samimiy, do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0